
Davron Fayziev: Hali mavsum boshlanishga ulgurmasdan xabar chiqdi: ham qayg‘uli, ham kulgili
Bir necha kun avval "Borussiya" Dortmund klubi sardori Marko Roys uch oy avval olgan jarohatidan hali ham sog‘aymagani va u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkinligi borasida ma’lumotlar tarqaldi.
Ushbu voqelikka taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida antiqa munosabat bildirdi.
- Hali mavsum boshlanishga ulgurmasdan Marko Roysning jarohati haqidagi xabar chiqdi. Ham qayg‘uli, ham kulgili. “Billur oyoq” egalari orasidagi mutloq etakchi. Yaqin ta’qibchisi Usmon Dembele hali faol mashq o‘tkazmadi shekilli, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar